15 okt 08:15
Yangiliklar

"Atletiko" -"Barselona" uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi
O'yinning 21-daqiqasida Saul jamoadoshlari tomonidan boshlangan ajoyib kombinaciyani aylanma zarbasi orqali Ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi.
82-daqiqada o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Luis Suares boshi bilan Oblak qo'riqlayotgan darvozaga yo'llab, muvozanatni tikladi - 1:1. Uchrashuvning so'nggi soniyalarida Lionel Messi g'alaba to'pini kiritishi mumkin edi. Lekin Oblakning mahorati bunga yo'l qo'ymadi.
SHu tariqa mamlakat chempionatining 8-turiga kelib kataloniyaliklar ilk bor chempionat bahslarida ochko yo'qotishdi. "Barselona" 22 ochko bilan hamon peshqadamlik qilyapti. "Real" 17 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ispaniya chempionati, 8-tur.
"Atletiko" - "Barselona" 1:1 (1:0)
Madrid. "Vanda Metropolitano" stadioni.
Gollar:1:0 – 21 Saul, 1:1 – 82 Suares.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Gabi (Torres, 83), Ferreyra Karrasko (Parti, 73), Koke, Korrea (Gaytan, 59), Grizmann.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Alba, Nelson Semedu (Serji Roberto, 61), Pike, Rakitich (Paulino, 79), Buskets, Inesta (Deulofeu, 61), Andre Gomesh, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Gabi (14), Umtiti (33), Rakitich (45), Grizmann (90), Saul (90).
Fikrlar