26 noy 17:09
Yangiliklar
Futbol

"Atletiko" eng yaxshi startini amalga oshirdi
"Atletiko" LaLiganing 13-turida "Levante"ni mag'lub etdi.
Valensiyadagi "Syudad de Valensiya" stadionida o'tgan bahs 5:0 hisobida "matraschilar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
"Atletiko" Ispaniya chempionatida klub tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdi. Ular ketma-ket 13ta bahsda mag'lub bo'lishmadi. Klub hisobida 7ta g'alaba va 6ta durang mavjud.
Avvalgi rekord 1995/96 mavsumda o'rnatilgan edi. O'sha mavsumda "Atletiko" LaLiga va Ispaniya Kubogida g'olib chiqqan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar