11 dek 09:42
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/24457_220.jpg)
Atletiko ketma-ket to'rtinchi o'yinda g'alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 15-turidan o'rin olgan "Betis" - "Atletiko" uchrashuvida madridliklar kichik hisobda zafar quchishdi.
Saul Nigesning 30-daqiqada kiritgan goli Diego Simeone shogirdlariga Ispaniya chempionatidagi ketma-ket to'rtinchi g'alabani taqdim etdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Atletiko" uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
La Liga. 15-tur
Betis – Atletiko 0:1
Gol: 0:1 – 29 Saul
Betis – Adan, Mandi, Durmisi, Barragan (Grasiya, 75), Feddal, Fabian Ruis (Ruibal, 88), Guardado (Kamarasa, 66), Budebuz, Sanches, Telo, Leon.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Saul, Gabi, Koke, Parti (Lyuka Ernandes, 90), Korrea (Ximenes, 61), Gameyro (Torres, 76).
Ogohlantirishlar: Budebuz (1), Korrea (14), Guardado (43), Godin (51), Filipe Luis (59), Mandi (79).
Havola :
Fikrlar