17 may 07:19
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/38826_220.jpg)
“Atletiko” klub tarixida 3-marta Evropa ligasi sohibi bo'ldi
Madridning “Atletiko” klubi Evropa ligasi finalida “Marsel” jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etishga erishdi va musobaqa chempioniga aylandi.
Bu chempionlik klub tarixidagi uchinchisidir. Jamoa 2009/10(UEFA kubogi), 2011/12, 2017/18-yilgi mavsumlarda ham chempion bo'lgan edi. Va bu orqali “matraschilar” “Sevilya” bilan tenglashib oldi.
“Marsel” — “Atletiko” 0:3
Gollar: 0:1 – 21 Grizmann, 0:2 – 49 Grizmann, 0:3 – 89 Gabi.
“Marsel”: Mandanda, Sarr, Rami, Amavi, Payet (Lopes, 32), Luis Gustavo, Okampos (N`Ji, 55), Zambo-Angissa, Toven, Sanson, Jermen (Mitroglu, 74).
“Atletiko”: Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko (Xuanfran, 46), Godin, Koke, Gabi, Saul, Korrea (Parti, 88), Diego Kosta, Grizmann (Torres, 90).
Ogohlantirishlar: Vrsalko (23), Amavi (38), Luis Gustavo (75), N`Ji (78), Lyuka Ernandes (78).
Havola :
Fikrlar