04 mar 09:55
Yangiliklar
Futbol

"Atletiko" Rakitich bilan muzokara o'tkazdi
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich katalon klubini tark etishga yaqin turibdi.
Mahalliy "Marca" nashri xabariga ko'ra, "Atletiko" mutasaddilari Rakitich bilan yozda shartnoma imzolash borasida muzokara o'tkazgan. 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi Ispaniyada qolishni xohlamoqda, shu tufayli madrid jamoasi unga bitim taklif qilishga tayyor.
Malumot uchun, yarim himoyachi Ispaniya primerosining joriy mavsumida 20ta o'yinda maydonga tushgan.
Havola :
Fikrlar