06 noy 10:03
Yangiliklar

“Atletiko” “Real Sosedad”ga yutqazdi, bu ikkinchi mag'lubiyat
Madridning “Atletiko” klubi safarda “Real-Sosedad” jamoasi mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkala gol ham penaltidan kiritildi.
“Anoeta” stadionida bo'lib o'tgan o'yinning 54-daqiqasida avvaliga Vela, keyin esa Villian Joze 11 metrli nuqtadan Oblakni dog'da qoldirdi. “Atletiko” 21 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Ispaniya chempionati, 11-tur.
REAL SOSEDAD – ATLETIKO 2:0 (0:0, 2:0)
“Anoeta” stadioni
Gollar: 1:0 – 54, penalti Vela, 2:0 – 75, penalti Villian Joze.
Real Sosedad – Ruli, Navas, Berchiche, Martines, Gonsales, Prieto (Kanales, 73), Ilyarramendi, Vela (Koncha, 82), Surutusa, Oyarsabal, Villian Joze (Xuanmi, 89).
Atletiko – Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran, Savich, Saul (Korrea, 61), Gabi (Parti, 73), Ferreyra Karrasko, Koke, Grizmann, Gameyro (Torres, 67).
Ogohlantirishlar: Godin (59), Vela (65), Xuanfran (68), Kanales (80), Torres (90), Parti (90).
GRANADA – DEPORTIVO 1:1 (0:0, 1:1)
“Nuevo Los Karmenes” stadioni
Gollar: 0:1 – 64 Andone, 1:1 – 81 Lomban.
Granada – Ochoa, Lomban, Sone (Boga, 66), Silva, Ruben Vezu, Karsela-Gonsales, Agbo (Serji Samper, 75), Toral (Kravec, 69), Kuenka, Pereyra, Barral.
Deportivo – Titon, Sidney, Arribas, Luizinyu, Xuanfran, Borxes (Fajr, 87), Moskera, CHolak (Gilerme, 75), Gama, Moreno (Babel, 61), Andone.
Ogohlantirishlar: Sone (22), Borxes (38), Luizinyu (59).
Fikrlar