28 noy 08:10
Yangiliklar

“Atletiko”da g'alaba, “Barselona”da durang, “Real” 6 ochkoga o'zib ketdi
Kataloniyaliklar mehmonda noqulay raqib “Real Sosedad” klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Joze Villian 53-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada Lionel Messi muvozanatni tikladi.
Madridning “Atletiko” klubi mehmonda o'ynashiga qaramay, “Osasuna”ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi. 13-turdan so'ng peshqadam “Real” endi “Barselona”dan 6 ochkoga o'zib ketdi.
Ispaniya chempionati. 13-tur
OSASUNA – ATLETIKO 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 36 Godin, 0:2 – 37 Gameyro, 0:3 – 90 Ferreyra Karrasko.
“Osasuna” – Peres, Bonnin (Imanol Garsiya, 46), Flano, Garsiya, Klerk, Torres, Sanxurxo, CHaushich, Berenger (de la Kuevas, 73), Riera, Kodro (River, 57).
“Atletiko” – Oblak, Xuanfran, Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Ferreyra Karrasko, 66), Gabi, Tiagu, Koke, Gameyro (Saul, 71), Grizmann (Parti, 84).
Ogohlantirishlar: Bonnin (10), Tiagu (21), CHaushich (22), Ximenes (31).
SELTA – GRANADA 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 23 Aspas, 2:0 – 39 Bongonda, 2:1 – 87 Kravec, 3:1 – 90 Diop.
“Selta” – Blanko, Ronkalya, Kabral, Fontas, Kastro, Vass (Xosep Sene, 82), Radoya, Dias, Bongonda, Rossi (Gvidetti, 70), Aspas (Diop, 86).
“Granada” – Ochoa, Fulke, Ruben Vezu, Lomban, Sone, Tabanu (Bueno, 65), Karsela-Gonsales, Serdji Samper, Agbo (Ponse, 72), Pereyra (Acili, 57), Kravec.
Ogohlantirishlar: Pereyra (34), Serdji Samper (41), Tabanu (62).
REAL SOSEDAD – BARSELONA 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 53 Villian Joze, 1:1 – 59 Messi.
“Real Sosedad” – Ruli, Martines, Navas, Martines, Berchiche, Prieto (Kanales, 72), Ilyarramendi, Surutusa, Vela, Villian Joze (Xuanmi, 75), Oyarsabal (Granero, 85).
“Barselona” – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich (Suares, 46), Buskets, Andre Gomesh, Messi, Suares, Neymar.
Ogohlantirishlar: ter Stegen (22), Maskerano (55), Martines (62), Suares (84), Surutusa (89), Alba (90).
Fikrlar