So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

15 apr 09:38
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Fomin bu hafta ham yaxshigina yuqoriladi, Sultonov ham, Top-10`da bir nechta o'zgarish

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov o'tgan haftadagi ishtirokidan o'z hisobiga 4 ochko qo'shib (251 ochko) qo'ydi va 6 pog'ona yuqorilagan holda 223-o'rinni egallab turibdi. Antaliya turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin qimmatli 15 ochko evaziga 37 pog'onaga ko'tarilib, ayni paytda 463-o'rinni band etgan. Fomin o'tgan hafta 14 ochko jamg'argan va buning natijasida 56 pog'onaga ko'tarilib olgan edi. Maksim SHin va Amir Milushev 2 pog'onaga pastlagan bo'lsa, Rahimbek Ibrohimov 1 o'ringa ko'tarildi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham o'zgarishlar kuzatildi. Monte-Karlo "Masters" turniri yakunlari bo'yicha tennischilar ko'tarilishdi yoki aksincha reytingda pasayishdi. Rossiyalik Daniil Medvedev boshqa tennischilarning pastlagani hisobiga yana Top-10`ga qaytib oldi. Monte-Karlo turnirida chempion bo'lgan ispaniyalik Karlos Alkaraz qo'lga kiritilgan 1000 reyting ochkosi evaziga dunyoning ikkinchi raketkasiga aylandi. 

Uch oyga katta tennisdan chetlatilgan italiyalik Yannik Sinner 400 ochkodan mahrum bo'ldi. SHunga qaramay, u hamon katta farq bilan reytingdagi peshqadamligini davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan germaniyalik Aleksandr Zverev yakunlab berdi. U o'tgan hafta ikkinchi pog'onadan joy olgandi. 


ATP reytingi. 14 aprel holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 9930 ochko (-400)

2. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7720 (+1000)

3. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7595 (-50)

4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5280 (-10)

5. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4120 (-390)

6. (6) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3870 (+90)

7. (10) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3535 (+200)

8. (9) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3440 (+50)

9. (11) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3290 

10. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3215 (-500)


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

223 (229). Humoyun Sultonov - 251 (+4) 

463 (499). Sergey Fomin - 95 (+15) 

1263 (1261). Maksim SHin - 6 

1719T (1717T). Amir Milushev - 2 

1957T (1958T). Rahimbek Ibrohimov - 1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing