So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

17 mar 14:21
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Fomin yaxshigina ko'tarildi, ikki tennischimiz mos ravishda 84 va 185 pog'onaga pastladi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 3 pog'ona pastlab, 221-o'rinni egallab turibdi. U shunga qaramay, o'z hisobiga ikki reyting ochkosini qo'shib oldi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin o'tgan haftadagi nisbatan muvaffaqiyatli ishtiroki sabab 4 ochko jamg'ardi hamda 21 pog'onaga ko'tarilib, 543-o'ringa joylashdi. Sergey bundan avvalgi elon qilingan reytingda ham 11 o'ringa yuqorilagandi. Maksim SHin 84, Amirbek Milushev 185, Rahimbek Ibrohimov 10 pog'onaga pastlagan. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham o'zgarishlar kuzatildi. Indian-Uells "Masters" turniri chempioni britaniyalik Jek Dreyper 14-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi va Top-10`talikda debyut qildi. Finalda yutqazgan daniyalik Xolger Rune 14-pog'onadan 13-o'ringa ko'tarildi. Kasper Ruud, Daniil Medvedev va Andrey Rublyovning pasayganligi boisidan serbiyalik Novak Jokovich ikki pog'onaga yuqorilab, Top-5`ga kirib oldi.  

Italiyalik Yannik Sinner uch oyga katta tennisdan chetlatilganiga qaramay, hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi. Kuchli uchlikdan germaniyalik Aleksandr Zverev hamda Indian-Uells "Masters" turnirining o'tgan yilgi chempioni, bu yilgi musobaqada 1/2 finalgacha etib kelgan ispaniyalik Karlos Alkaraz joy olgan. 

ATP reytingi. 17 mart holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11330 ochko

2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7945

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 6910

4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 4900

5. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 3860

6. (5) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3855

7. (14) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3800

8. (6) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3680

9. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3440

10. (9) Stefanos Cicipas (Greciya) - 3405

11. (10) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3335


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

221 (218). Humoyun Sultonov - 256 

543. (564). Sergey Fomin - 68 

1261. (1177). Maksim SHin - 6 

1739T (1554T). Amir Milushev - 2 

2033T (2023T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing