So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

07 jan 12:04
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Humoyun Sultonov 8 pog'ona yuqoriladi, Top-10`da bitta o'zgarish

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

O'tgan hafta Tailanddagi "CHellenjer" turnirida chorak finalga qadar etib borgan Humoyun Sultonov 8 pog'ona yuqorilab, 215-o'rinni egallab turibdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi kecha o'z faoliyatida ilk bor Avstraliya Ochiq chempionatida muvaffaqiyatli start olgan edi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin hamda to'rtinchi raqamli tennischimiz Amir Milushev 1 o'ringa yuqoriladi. Maksim SHin o'z o'rnida o'zgarishsiz qoldi. Rahimbek Ibrohimov esa 4 pog'onaga pastladi.  

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Avstraliyalik Aleks De Minaur va rossiyalik Andrey rublyov o'zaro o'rin almashib olishdi. O'tgan mavsumni yuqori saviyada o'tkazgan Yakuniy turnir chempioni Yannik Sinner hamon juda katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan germaniyalik Aleksandr Zverev va ispaniyalik Karlos Alkaraz joy olgan. 


ATP reytingi. 6 yanvar holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11830 ochko

2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7635

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7010

4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5350

5. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 5030

6. (6) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4210

7. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 3900

8. (9) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3535

9. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3520

10. (10) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 3200...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

215 (223). Humoyun Sultonov - 265 

574. (575). Sergey Fomin - 60 

1134. (1134). Maksim SHin - 9 

1543T (1544T). Amir Milushev - 3 

2017T (2013T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing