05 apr 15:50
Yangiliklar

ATP reytingi. Istomin yuqoriladi, Jokovich hamon taxtda
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda kuchli o'nlikda kichik o'zgarish kuzatildi. Germaniyalik Aleksandr Zverev tennis afsonasi Rojer Federerni ortda qoldirib, 6-o'ringa ko'tarilib oldi. TOP-3 da esa hech qanday o'zgarish yuz bermadi. Reytingni hamon Novak Jokovich boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin reyingda 1 pog'ona ko'tarilib, 201-o'ringa joylashdi .
ATP reytingi 5 aprel kungi holati
1. Novak Jokovich (Serbiya)-11963 ochko
2. Daniil Medvedev (Rossiya)-10030
3. Rafael Nadal (Ispaniya)-9670
4. Dominik Tim (Avstriya)-8660
5. Stefanos Cicipas (Greciya)-7040
6. Aleksandr Zverev (Germaniya)-6125
7. Rodjer Federer (SHveycariya)-5875
8. Andrey Rublev (Rossiya)-5400
9. Diego SHvarcman (Argentina)-3720
10. Matteo Berrettini (Italiya)-3453
O'zbekistonlik tennischilarning ATP dagi reytingi:
201. Denis Istomin-348
338. Humoyun Sultonov-138
532. Sanjar Fayziev-63
627. Sergey Fomin-43
631. Jo'rabek Karimov-42
Fikrlar