So’nggi yangiliklar

19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0 17:54Дональд Трамп: "Оқ уй яқинидаги UFC аренаси абадий қолиши мумкин" 0 17:28Шакира ва Burna Boy очилиш маросимида ЖЧ-2026 мадҳиясини ижро этади 0 16:53Жон Жонс ва Даниэль Кормье ўртасида трилогия ўтказилади 0 16:25Аниш Гири Синдаровнинг Бибисара билан муносабати тўғрисида ҳазиломуз пост жойлади 0 15:50Дмитрий Бивол P4P рейтингида Топ-10`га қайтди 0 15:14Бельгия терма жамоаси бош мураббийи: "Биз аутсайдермиз" 0 14:44Тожикистонлик UFC жангчиси Рамазон Темиров билан бир кардда октагонга чиқади 0 14:01Жаҳонгир Зокиров Zuffa Boxing'даги илк жангини мағлубиятсиз боксчига қарши ўтказади 0 13:33Камончиларимиз Анталиядаги Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 12:54"Манчестер Сити" "Реал"га 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:27Makarska Open. Тимофеева икки ғалаба эвазига 1/4 финалга чиқди 0 12:03Ислам Махачев: "Онам ММАдаги фаолиятимни якунлашимни хоҳлаяпти. Ҳаммаси тамом, шекилли" 0

13 jan 11:27
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Sergey pastladi, Sultonovchi?

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

O'tgan hafta Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahslarida ishtirok etgan Humoyun Sultonov 1 pog'onaga pastlab, 216-o'rinni egallab turibdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi o'z faoliyatida ilk bor Australian Open turnirida qatnashib, saralashning 1/2 finalida jarohat sabab yutqazib qo'ygandi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin ham yangilangan reytingda uch pog'onaga pastladi. Maksim SHin o'z o'rnida o'zgarishsiz qoldi. To'rtinchi raqamli tennischimiz Amir Milushev 4, Rahimbek Ibrohimov esa 3 o'ringa yuqoriladi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Avstraliyalik Aleks De Minaur va rossiyalik Andrey Rublyov o'zaro o'rin almashib olishdi. Oklend turnirida chempion bo'lgan franciyalik tajribali tennischi Gael Monfis Top-50`ga qaytdi. Oeyrash "CHellenjer"ida zafar quchgan Xamad Mejedovich Top-100`da debyut qildi. Yannik Sinner hamon juda katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan germaniyalik Aleksandr Zverev va ispaniyalik Karlos Alkaraz joy olgan. 


ATP reytingi. 13 yanvar holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11830 ochko

2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7635

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7010

4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5350

5. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 5030

6. (6) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4210

7. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 3900

8. (9) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3535

9. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3520

10. (10) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 3200...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

216 (215). Humoyun Sultonov - 265 

577. (574). Sergey Fomin - 60 

1134. (1134). Maksim SHin - 9 

1539T (1543T). Amir Milushev - 3 

2014T (2017T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing