09 iyu 13:17
Yangiliklar
ATP reytingi. Sultonov 183 pog'onaga yuqoriladi. Tennischilarimizdan biri 196 o'ringa pastladi
Quvonarlisi, Sloveniya, undan avval Avstriya turnirlaridagi muvaffaqiyatli ishtirok sabab mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov 183 pog'onaga yuqorilab, 630-o'ringa joylashdi. U o'z hisobiga 23 reytig ochkosi qo'shib olgan. Birinchi raketkamiz Sergey Fomin 3 o'ringa pastladi. Uchinchi raqamli tennischimiz Nikita Belozercev 4, Ilya Ignatov 8 o'ringa ko'tarildi.
Afsuski, Maksim SHin bu hafta 162, Amir Milushev 196 o'ringa pastladi. Damir Abdusamadov va Abdulaziz Usmonjonov reytingdan chiqib ketdi. Ayni paytda ATP reytingidagi o'zbekistonlik tennischilar 6 nafar qoldi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Jahonning birinchi raketkasi Yannik Sinner 1250, ikkinchi raketka Karlos Alkaras 2000 reyting ochkosi yo'qotgani qaramay, jadvaldagi o'z o'rinlarini saqlab qoldi. Top-10`talikka italiyalik Flavio Kobolli qo'shildi. U 14-pog'onadan 10-o'ringa yuqoriladi. Novak Jokovich 3 pog'onaga pastladi. Kanadalik Feliks Oje 2, avstraliyalik Aleks de Minaur 1 o'ringa ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi.
ATP reytingi. 8 iyun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 13 500 (-1250).
2. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 9960 (-2000).
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7305 (+1600).
4. (6) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4440 (+390).
5. (5) Ben SHelton (AQSH) - 3920 (-150).
6. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 3905 (+50).
7. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 3760 (-700).
8. (8) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3760.
9. (9) Teylor Fric (AQSH) - 3720.
10. (14) Flavio Kobolli (Italiya) - 3540 (+1200).
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
297 (294). Sergey Fomin — 181
630 (813). Humoyun Sultonov — 57 (+23)
782 (786). Nikita Belozercev — 37
1136 (974). Maksim SHin — 12 (-8)
1592T (1396T). Amir Milushev — 3 (-2)
1964T (1972T). Ilya Ignatov — 1

Fikrlar