So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

16 okt 13:20
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Top-10 o'zgardi, Istomin 16, Do'stov 105 pog'onaga ko'tarildi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi yangilangan haftalik reytingni elon qildi.

Kuchli o'ntalikda bir nechta o'zgarish kuzatildi. SHanxay "Masters" turnirida finalga qadar etib borgan Andrey Rublyov o'tgan hafta bilan taqqoslaganda, ikki pog'onaga yuqorilab, faoliyatida ilk bor kuchli beshlikka kirib oldi. Xolger Runi va Stefanos Cicipas o'z o'rinlarini bir pog'onaga pasaytirishdi. Reytingni hamon Novak Jokovich boshqarmoqda. 

Tennischilarimizda o'ziga xos o'zgarish kuzatildi. Birinchi raketkamiz Humoyun Sultonov 5 pog'onaga pastlab, ayni paytda 426-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi - 706! Qolgan barcha tennischilarimiz o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Denis Istomin 16, Amir Milushev 18, Mustafo Do'stov esa 105 o'ringa yuqorilagan. 


ATP reytingi. 2023 yil 16 oktyabr holatiga ko'ra Top-10:

1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) — 11 045 ochko

2 (2). Karlos Alkaras (Ispaniya) — 8805

3 (3). Daniil Medvedev (Rossiya) — 7355

4 (4). Yannik Sinner (Italiya) — 5000

5 (7). Andrey Rublyov (Rossiya) — 4765

6 (5). Xolger Rune (Daniya) — 4605

7 (6). Stefanos Cicipas (Greciya) — 4360

8 (9). Kasper Ruud (Norvegiya) — 4605

9 (10). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 3460

10 (8). Teylor Fritc (AQSH) — 3410...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

426 (421). Humoyun Sultonov - 106

706 (706). Sergey Fomin - 40

1179 (1195). Denis Istomin - 6

1485T (1493T). Maksim SHin - 3

1561T (1564T). Sanjar Fayziev - 2

1692T (1797T). Mustafo Do'stov - 1

1943T (1961T). Amir Milushev - 1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing