So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

26 fev 10:31
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Top-10 o'zgarishsiz, Sultonov 22, Fomin 16 pog'onaga ko'tarildi

Professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Bu hafta dunyo tennischilari kuchli o'ntaligida o'zgarish kuzatilmadi. Tennis yulduzlari o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Faqat ayrim raketka ustalariga ochko qo'shildi, bazilaridan aksincha, ball olib tashlandi. Novak Jokovich eng yaqin taqibchisidan 1050 ochko ko'p jamg'argan holda reytingda hamon peshqadamlik qilyapti. 

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov o'tgan hafta bilan taqqoslaganda, 22 pog'ona yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Portugaliya turnirida vice-chempion bo'lgan Sultonovga 16 ochko taqdim etilgan va u ayni paytda 332-o'rinni egallab turibdi. Sergey Fomin ham sezilarli o'sishga erishdi. U qo'lga kiritilgan 3 ochko evaziga 13 pog'ona yuqorilab, 656-o'ringa joylashdi. Denis Istomin 2, Sanjar Fayziev 1 pog'onaga pastladi. Amir Milushev esa aksincha, 1 o'ringa yuqoriladi. 


ATP reytingi. 26 fevral holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 9855 ochko

2. (2) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8805 

3. (3) Yannik Sinner (Italiya) - 8270

4. (4) Daniil Medvedev (Rossiya) - 8015

5. (5) Andrey Rublyov (Rossiya) - 5110

6. (6) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5085

7. (7) Xolger Rune (Daniya) - 3700

8. (8) Xubert Gurkach (Polsha) - 3395

9. (9) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3210

10. (10) Teylor Fritc (AQSH) - 3150


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

332 (354). Humoyun Sultonov - 156

656. (669). Sergey Fomin - 50

1452T (1453T). Maksim SHin - 3

1492T (1490T). Denis Istomin - 2

1773T (1772T). Sanjar Fayziev - 1

1971T (1972T). Amir Milushev - 1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing