So’nggi yangiliklar

18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0

08 apr 16:30
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Top-10`da 2 ta o'zgarish, Sultonov 24 pog'onaga pastladi, Fomin ko'tarildi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Bu hafta dunyo tennischilari kuchli o'ntaligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Top-7`talikdagi tennischilar o'z o'rinlarini saqab qolishdi. Eshtoril turnirida chempion bo'lgan polshalik Xubert Gurkach 10-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Norvegiyalik Kasper Ruud esa aksincha, 8-o'rindan 10-pog'onaga tushdi. O'ntalikdagi qolgan tennischilar o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Novak Jokovich hamon deyarli 1000 ochkolik farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.  

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 16 ochko yo'qotdi va 315-o'rindan 339-pog'onaga tushib ketdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin esa aksincha 4 o'ringa yuqoriladi. U o'tgan hafta ham 21 pog'onaga ko'tarilib olgandi. Amir Milushev o'z o'rnida qoldi. Maksim SHin 2, Denis Istomin esa 3 pog'onaga pastladi. 


ATP reytingi. 8 aprel holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 9725 ochko

2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 8710

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8645

4. (4) Daniil Medvedev (Rossiya) - 7165

5. (5) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5415

6. (6) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4890

7. (7) Xolger Rune (Daniya) - 3795

8. (10) Xubert Gurkach (Polsha) - 3665

9. (9) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 3540

10. (8) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3465...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

339 (315). Humoyun Sultonov - 159 (-16 ochko)

649. (653). Sergey Fomin - 50 

1299T. (1297T). Maksim SHin - 5 

1510T (1507T). Denis Istomin - 2

1638T (1638T). Amir Milushev - 2 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing