So’nggi yangiliklar

20:13Рамазон Темировнинг укаси Шоҳжаҳон Mangu 2 турнирида жанг қилди 0 19:36Достон Бозоров, Фурқатбек Ёқубов ва бошқа юлдузлар иштирокидаги Mangu 2 турниридан ОНЛАЙН 0 18:45АПЛнинг икки топ клуби "Реал" хавбеки Чуаменини нишонга олди 0 18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0

10 sen 11:42
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Top-10`da bir nechta o'zgarishlar, Sultonov 28, Milushev 178 pog'ona ko'tarildi

Professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Ikki hafta davom etgan US Open turniri yakunlariga ko'ra yangilangan reytingning dunyo tennischilari Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. AQSH Ochiq chempionati g'olibiga aylangan Yannik Sinner reytingdagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi. Italiyalik raketka ustasi endi eng yaqin taqibchisi germaniyalik Aleksandr Zverevni 4105 ochkoga ortda qoldirmoqda. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Novak Jokovich aksincha, ikkinchi o'rindan to'rtinchi pog'onaga tushib ketdi. Ispaniyalik Karlos Alkaraz kuchli uchlikka yakun yasab bergan. US Open vice-chempioni Teylor Fritc esa 12-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi.  

Yangilangan reytingda uch nafar tennischimiz o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov qo'lga kiritilgan 26 ochko evaziga 28 pog'ona ko'tarilib, 236-o'rinni band etib turibdi. Eng katta "sakrash"ga Amir Milushev erishdi. U 178 pog'ona yuqoriga ko'tarildi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin esa 5 o'ringa yuqoriladi. Aksincha, Maksim SHin 1, Rahimbek Ibrohimov 6 o'ringa pastladi.  


ATP reytingi. 9 sentyabr holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11180 ochko

2. (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7075

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 6690

4. (2) Novak Jokovich (Serbiya) - 5560

5. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 5475

6. (6) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4645

7. (12) Teylor Fritc (AQSH) - 4060

8. (7) Xubert Gurkach (Polsha) - 4060

9. (8) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4010

10. (9) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 3965


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

236 (264). Humoyun Sultonov - 243 

537. (542). Sergey Fomin - 70 

1132. (1131). Maksim SHin - 9 

1512T (1690T). Amir Milushev - 3 

1938T (1932T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing