So’nggi yangiliklar

10:20Рафинья сафга қайтишга яқин 0 09:59Тошкент илк бор велотрек бўйича Осиё чемпионатига мезбонлик қилади 0 09:38Вальтер Уокер акаси Жонни Уокерга "вызов" ташлади 0 09:17European Open 2026. Медаллар жамғариш бўйича 1-ўриндамиз! 0 08:56"Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади 0 08:35Даниил Ейбог 1500 метр масофадаги баҳсларни нечанчи ўринда якунлади? 0 08:14Топурия Махачев учун навбатдаги рақиб бўлмайди 0 07:53Европа Кубогининг илк куни 3 та медаль қўлга киритдик + ФОТО 0 07:32А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5 та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб! 0 07:11FIDE Freestyle Chess Жаҳон чемпионати. Абдусатторов Карлсенга, Синдаров Эргаисига қарши ўйнади 0 02:09Даниил Ейбог Олимпиада ярим финалида стартга чиқди 0 00:55Қишки Олимпиада. Даниил Ейбог ярим финалга йўл олди 0 00:05УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади 0 19:42Қишки Олимпиада. Тоғ чанғичиси Медет Назаров гигант слалом дастурини топ-50да якунлади 0 19:19Ўзбекистон яна бир спорт тури бўйича Осиё чемпионати мезбонлигини қўлга киритди 0

17 iyu 16:02
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Top-10`da o'zgarishlar, bu hafta ham tennischilarimizning barida pasayish

Bugun professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Maysa qoplamali turnirlar natijasida reytingda ayrim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Xertogenbos turniri chempioni Aleks De Minaur 9-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Bu bilan avstraliyalik tennischi ATP reytingidagi o'z rekordini yangiladi. SHtutgart turnirida chempion bo'lgan Jek Dreyper Top-30`ga yaqinlashib oldi. Finalchi Matteo Berrettini esa 30 pog'onaga ko'tarildi. Italiyalik Yannik Sinner dunyoning birinchi raketkasi sifatidagi o'rnini saqlab qoldi. 

O'tgan haftada bo'lgani singari yangilangan reytingda ham tennischilarimizning barida pastlash kuzatildi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 1 pog'onaga pastlab, hozirda ATP reytingida 331-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin 2, uchinchi raqamli tennischimiz Maksim SHin ham 2 pog'onaga pastladi. Amir Milushev 1684-pog'onadan joy olgan. 


ATP reytingi. 17 iyun holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 9480 ochko

2. (2) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8580

3. (3) Novak Jokovich (Serbiya)- 8360

4. (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6885

5. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 6485

6. (6) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4710

7. (9) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 4085

8. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4025

9. (8) Xubert Gurkach (Polsha) - 3950

10. (10) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 3775...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

331 (330). Humoyun Sultonov - 157 

634. (632). Sergey Fomin - 53 

1159. (1157). Maksim SHin - 8 

1684T (1683T). Amir Milushev - 2 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing