10 fev 18:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/322356_220.jpg)
ATP reytingi. Top-10`da o'zgarishlar, uch tennischimiz ko'tarildi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ikki pog'onaga yuqorilab, 233-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin esa aksincha uch pog'onaga pastladi. Uchinchi raqamli tennischimiz Maksim SHin ham o'tgan hafta bilan taqqoslaganda, uch o'rin quyiga sho'ng'idi. Amirbek Milushev va Rahimbek Ibrohimov 3 pog'ona ko'tarildi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida o'zgarish kuzatildi. Rotterdam turnirida finalga qadar etib borgan Aleks De Minaur 8-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarildi. Bu avstraliyalik tennischining shaxsiy rekordi hisoblanadi. Novak Jokovich va Daniil Medvedev bu hafta bir pog'onaga pastlashdi. Italiyalik Yannik Sinner katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi.
ATP reytingi. 10 fevral holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11830 ochko
2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 8135
3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7510
4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5100
5. (5) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4480
6. (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 4015
7. (6) Novak Jokovich (Serbiya) - 3900
8. (7) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3830
9. (9) Tommi Pol (AQSH) - 3445
10. (10) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3270
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
233 (235). Humoyun Sultonov - 245
565. (562). Sergey Fomin - 63
1179. (1176). Maksim SHin - 8
1544T (1547T). Amir Milushev - 3
2014T (2017T). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar