16 noy 09:15
Yangiliklar
Tennis

ATP Yakuniy turniri. Dominik Timda ilk g'alaba
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Angliyaning London shahrida tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri bo'lib o'tmoqda.
Londondagi “O2 Arena” korti mezbonlik qilayotgan hamda sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda kecha ikkita uchrashuv o'tkazildi.
Turnirning to'rtinchi raketkasi avstriyalik Dominik Tim ispaniyalik Rafael Nadalning o'rnini egallagan Pablo Karreno-Bustani 6:3, 3:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Bu Timning ilk g'alabasi bo'ldi.
Malumot uchun, 2017 yilgi tennis mavsumini yakunlab
beruvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli sakkiz nafar raketka
ustalari ikki guruhda bosh mukofot uchun bahs olib borishyapti.
Havola :
Fikrlar