So’nggi yangiliklar

15:04Гарсия Царукян олдидаги қарзи ҳақида: "Тўламайман!" 0 14:43"Интер" ҳимоячиси рекорд ўрнатди 0 14:22Сауль Альварес: "Энг кучли рақиб — чемпионни танлайман!" 0 14:01Элина Свитолина Штутгарт турнири 1/2 финалида ўйнайди 0 13:40Перейра мухлисларини тинчлантирди: "Тез орада машина каби бўламан" 0 13:19Hublot бренди Мбаппе билан биргаликда лимитланган соатларни чиқарди + ФОТО 0 12:58Павлович Тейшерега: "Ҳаммаси тезда тугайди" 0 12:37Биринчи ракеткамиз 20 та эйс амалга оширилган 1/2 финал учрашувида кортга чиқди 0 12:16Zuffa Boxing битта жанг учун 15 млн таклиф қилган боксчи билан шартномани узайтирди 0 11:55Суперлига. Бугун "Нефтчи" - "Насаф" ўйини бор 0 11:34Беш нафар дзюдочимиз Осиё чемпионати медаллари учун татамига чиқади 0 11:13UFC Fight Night 273 турнири жангчилари тарозига чиқди 0 10:52Пэдди Пимблеттнинг навбатдаги жанги тафсилотлари маълум 0 10:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"да ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса мағлуб бўлди + ВИДЕО 0 10:10Жаҳон чемпионатини тарихий натижа билан якунладик + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

14 jan 15:13
Yangiliklar

Tennis

Australian Open 2018: Mukofot jamg'armasi va chempionlar uchun kafolatlangan summa

Ertaga Melburn shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning dastlabki musobaqasi - Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to'r bahslari start oladi.

Ko'pchilikni ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi hamda chempion tennischilar qo'lga kiritadigan mukofot pullari qiziqtiradi. O'tgan yilgi bilan taqqoslaganda, turnirning mukofot jamg'armasi 10 foizga oshdi.

Bu yilgi musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 55 million Avstraliya dollari (42,817 mln AQSH dollari)ni tashkil qiladi. 28 yanvar kuni yakunlanadigan turnirning ham ayollar, ham erkaklarning yakkalik bahslarida chempion bo'lgan raketka ustalari o'z hamyonlarini 4 million Avstraliya dollariga boyitib olishadi. 


Bu borada Australian Open turniri birgina US Open musobaqasiga yon beradi. AQSH Ochiq chempionatining umumiy sovrin jamg'armasi 50 million dollarni tashkil qiladi. Uimbldon-2017 tashkilotchilari tennischilarga 42 million dollar to'lab berishgandi. "Rolan Garros"da bu summa 36 million evroni tashkil qilgandi.

Eslatib o'tamiz, Australian Open musobaqasining amaldagi g'oliblari shveycariyalik Rojer Federer hamda amerikalik Serena Uilyams hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing