15 jan 11:12
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Bushar g'alaba bilan boshladi, endigi raqib Serena Uilyams!
Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning birinchi davrasida dunyoning 79-raketkasi Ejeni Bushar oson g'alabaga erishdi. Kanadalik tennis malikasi WTA reytingida 128-o'rinni egallab turgan xitoylik SHuay Penga qarshi kortga chiqdi.
Bir daqiqasi kam bir soat davom etgan bahsda Bushar raqibasini 6/1, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 24 yoshli Bushar ham, 33 yoshli SHuay ham ikkitadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Endi Ejeni ikkinchi davra uchrashuvida amerikalik Serena Uilyams bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar