27 jan 13:50
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Erber va Mayu juftlik bahslari g'olibi
Franciyalik tennischilar Per-Yuge Erber va Nikolya Mayu Avstraliya Ochiq chempionatining juftliklar bahsi finalida Xenri Kontinen (Finlyandiya) va Jon Pis (Avstraliya) tandemiga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 38 daqiqa davom etgan o'yinda franciyalik tennischilar 6:4, 7:6 hisoblarida g'alaba qozonib, turnir g'olibiga aylanishdi.
Ushbu g'alaba orqali Erber va Mayu 750 ming dollar ishlab oldi.
Qayd etish lozimki, endi Mayu va Erber hisobida to'rtta "Ulkan toj"ning bosh sovrini bor.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar