24 jan 15:50
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Federer yarim finalga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Rojer Federer Avstraliya ochiq chempionatining yarim finaliga yo'l oldi.
SHveycariyalik tennischi chorak finalda chexiyalik Tomash Berdixga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 18 daqiqa davom etgan o'yinda musobaqaning amaldagi g'olibi Rojer Federer 7:6, 6:3, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.
Endi u finalga chiqish uchun janubiy koreyalik Xen CHonga qarshi o'yin o'tkazadi.

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar