23 jan 12:45
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Fomin juftlikda chorak finalga chiqa olmadi
Yosh tennischimiz Sergey Fomin Avstraliya ochiq chempionatining o'smirlar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
Jeyson Leons bilan juftlik hosil qilgan vakilimiz ilk davrada raqiblarini 6:3, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.
Ular ikkinchi davrada bugun Rodolf Molleker/Anri Skuir tandemiga qarshi o'yin o'tkazdilar. Afsuski, 56 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin va uning do'sti 5:7, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar