14 jan 18:52
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Iflos havo sabab tonggi mashg'ulotlar bekor qilinadi
Avstraliyada davom etayotgan yong'inlar sabab havo juda ifloslanmoqda.
Australian Open tashkilotchilari shu sababdan musobaqa davomida bugun tonggi mashg'ulotlarni bekor qilishdi.
Tunda Melburndan kuchli shamol esdi. Bu o'z navbatida yong'inlar havosini ham "etaklab" keldi. Mutaxassislar havo sifatini "juda ifloslangan darajada" deb topishdi.
O'yinlar esa bir soat keyinga surildi.
Eslatib o'tamiz, bugun yilning dastlabki "Ulkan toj" musobaqasi - "Australian Open"ning saralash bahslari boshlandi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar