So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

21 jan 10:37
Yangiliklar

Tennis

Australian Open. Istomin - Busta - 3:2! Sensaciya davom etadi!

Melburn shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumidagi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Ayni daqiqalarda hamyurtimiz Denis Istomin musobaqaning uchinchi davra uchrashuvida kortga chiqyapti. Uning raqibi ispaniyalik Pablo Karreno Busta. Pablo turnirning 30-raqamli tennischisi sifatida qayd etilgan.

Hozirgina birinchi set uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda Istomin raqibini 6:4 hisobida mag'lub etdi. Barakalla, Istomin!



Ikkinchi setning ikkita geymi ham bir zumda ortda qoldi. Tennischilar o'z geymlarida zafar quchishdi. Hozircha hisob - 1:1. 

Istomin o'z geymini yana g'alaba qozondi - 2:1. Endi raqib geymini olishga harakat qilib ko'rish kerak, xuddi birinchi setda bo'lgani kabi. 

Muvozanat tiklandi. Dunyoning 30-raketkasi bo'lgan Busta o'z geymini qiyinchilik bilan o'z foydasiga hal qildi - 2:2. 

Hamyurtimiz o'z geymini mag'lubiyatga uchradi. Busta uyg'ondi shekilli! 2:3, oldinda ispan tennischisi.

Karreno-Busta o'z geymini berib qo'ymadi. U 4:2 hisobida oldinga chiqib oldi.

Istomin o'z geymini yutib oldi va hisobni qisqartirdi 3:4! Bo'shashma, Denisjon, g'alabangni butun O'zbekiston kutyapti.

Hisob 5:3ga etdi. Tajribali Busta o'z geymini Denisga "sovg'a" qilishni istamadi. Uning g'alabasini ham butun Ispaniya kutyapti-da!

Istomin o'z geymida g'alaba qozondi Hisob 4:5. Endi bitta kambek kerak.

Afsuski ikkinchi setda Busta 6:4 hisobida g'alaba qozondi.


Oldinda uchinchi set.

Uchinchi setni Denis ajoyib boshladi va 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Uchinchi geymda ham Istomin g'olib bo'ldi - 3:0.

Busta o'zi to'p oshirgan geymni yutdi - 3:1. Hisob yana yiriklashdi - 4:1. Raqib tennischisi yana o'z geymini oldi va hisob 4:2. Istomin ham o'z geymini yutdi - 5:2. Bitta geym va ikkinchi setda g'alaba. Hisob yana qisqardi - 5:3. Afsus Busta Istominning geymini oldi va hisob bittaga qisqardi - 5:4. Endi Busta to'p uzatadi...Ajoyib! Istomin raqib geymini yutdi va ikkinchi setda ham zafar quchdi - 6:4.



Denis Istomin - Pablo Karreno Busta 6:4, 4:6, 6:4 LIVE

To'rtinchi set boshlandi. Umid qilamizki bu oxirgi set bo'ladi) 

To'rtinchi setni Denis yaxshi boshladi - 1:0. Raqib o'z geymini yutdi - 1:1. Afsuski Busta Istominning to'p uzatgan geymini yutib oldi - 1:2. Bahs qizg'in davom etmoqda. Busta 3:2 hisobida oldinda bormoqda. Hisob o'zgardi - 4:2. Denis hisobni qisqartirdi - 4:3. 


Busta umumiy hisobni tenglashtirdi - 2:2. Endi hal qiluvchi beshinchi setni ko'ramiz. Denis, olg'a!!!!!!! 

Hal qiluvchi beshinchi setni Istomin to'p oshirishi bilan boshlab berdi va o'z geymini yutib oldi.

Ispaniyalik tennischi muvozanatni tikladi - 1:1. Busta yutqazgisi kelmayapti.

Istomin o'z geymini g'alaba qozondi - 2:1, bo'shashma Denis!

Busta hisobni tenglashtirdi - 2:2. 

Denis 3:2 hisobida oldinga chiqib oldi. Ana endi breyk olish fursati etdi.

Istomin breykni amalga oshirdi, uni uddaladi 4:2.

Hamyurtimiz 5:2 hisobida oldinga chiqib oldi. Barakalla, yana bitta geym va set, match! Va nimchorak final! 

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
21 jan 13:27:29
aszmuzb
Олға Ўзбекистон !
Денисга кейинги матчларда хам омад......
   
21 jan 22:31:16
Husniddin Mirzaliyev
G'alabasiga ishongandim lekin 5 setga cho'zilishini kutmagandim baribir g'alaba muborak hammaga!!!!!
   
21 jan 22:31:08
Husniddin Mirzaliyev
G'alabasiga ishongandim lekin 5 setga cho'zilishini kutmagandim baribir g'alaba muborak hammaga!!!!!
   
21 jan 13:35:47
КОНЪСУЛ
Яшавор Денис. Биз сен билан фахрланамиз.
   
21 jan 13:35:20
truefootball
keyin oyinlarda ham omad yor bolsin senga
   
21 jan 13:35:06
truefootball
Qoyil Denis, molodec.
   
21 jan 13:31:37
shahzod xojayli
Davomiy bolsin g'alabalaring
   
21 jan 13:31:12
BOBURSHOH
Nimchorak final muborak bulsin aziz Vatandoshlar
   
21 jan 13:30:36
Abror
Yashavor ogil bola . Ochkiyingdan ukeng aylansin
   
21 jan 13:29:51
G'ayratjon
Barakalla Denis!!! Keyingi matchlarda ham omad yor bo'lsin.
   
21 jan 13:29:31
BOBURSHOH
Rahmar Istomin qoyil
   
21 jan 13:27:26
Pakhtakor 1956
Ğalaba
   
21 jan 13:27:16
forvurt
Uraaaaaàaa
   
21 jan 13:26:50
Bek 02
ISTOMINDAN YANA BREYK VA G'ALABAAAAAA....!!!!
   
21 jan 13:23:01
aszmuzb
Денис яна рақибини геймини ютиб олишга яқин
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing