17 jan 16:17
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Istomin musobaqani g'alaba bilan boshladi
Hamyurtimiz Denis Istomin Australian Open'ning ilk davrasida kortga chiqdi.
Musobaqaning ilk davrasida Denisga xorvatiyalik Ivan Dodig raqiblik qildi.
2 soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Istomin 3:1 (6:1, 6:4, 3:6, 7:5) hisobida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Unga navbatdagi bosqichda dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi Novak Jokovich raqiblik qiladi. Ushbu bahs ertaga bo'lib o'tadi.
Denis Istomin (O'zbekiston) - Ivan Dodig (Xorvatiya) 3:1 (6:1, 6:4, 3:6, 7:5)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar