19 jan 18:00
Yangiliklar

Australian Open. Istomin turnirda qancha pul ishlab topishi mumkin?
Birovni pulini hisoblash yaxshi emasku-ya, lekin muxlislarimiz uchun qiziq bo'lishini inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, Istomin uchinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritish barobarida, o'zi uchun 95 ming AQSH dollarini naqd qilib qo'ydi.
Umumiy sovrin jamg'armasi 37,3 million dollar (50 million Avstraliya dollari) hisoblangan "Ulkan toj" musobaqasi yakkalik bahslari g'olibi reglamentga binoan 2, 76 million dollar ishlab oladi. Finalda mag'lubiyatga uchragan tennischi esa 1,42 million dollarga boyiydi.
Qolgan tennischilarga esa mukofot quyidagicha taqsimlanadi:
Yarim final mag'lublari: 670 000 $
CHorak final: 335 000 $
4-bosqich: 165 000 $
3-bosqich: 95 000$
2-bosqich: 60 000$
1-bosqich: 30 000$
Eslatib o'tamiz, tennischimiz endi 4-bosqich yo'llanmasi uchun ispaniyalik Pablo Bastaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs 21-yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar