23 jan 14:14
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Istominni turnirdan chiqarib yuborgan tennischi yarim finalga chiqdi
Dunyoning uchinchi raqamli tennischisi Grigor Dimitrov Avstraliya ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Bolgariyalik tennischi chorak finalda britaniyalik Kayl Edmundga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 49 daqiqa davom etgan o'yinda Edmund 6:4, 3:6, 6:3, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va erkaklar o'rtasidagi ilk yarim finalchiga aylandi.
Endi Edmund finalga chiqish uchun Nadal - CHilich bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar