02 fev 17:47
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Jokovich va Tim o'rtasidagi final g'olibi 5 setda aniqlandi + FOTO
Avstraliya Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi final bahsida serbiyalik Novak Jokovich avstriyalik Dominik Timga qarshi bahs olib bordi.
4 soat davom etgan o'yinda Novak Jokovich 6:4, 4:6, 2:6, 6:3, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va faoliyatida 8-marotaba Avstraliya Ochiq chempionati g'olibiga aylandi. "Ulkan toj" turkumidagi turnirlardagi g'alabalar soni esa 17 taga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar