30 jan 12:48
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Muxlislar tashrifi bo'yicha rekord yangilandi
Yakshanba kuni yakunlangan tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatida muxlislar tashrifi bo'yicha rekord o'rnatildi.
Ikki hafta davomida “Melburn-park” kortlariga 780 000dan ziyod muxlislar tashrif buyurgan. Bu o'tgan yilgi tashrifchilar sonidan 35 000ga ko'p deganidir.
Takidlash joiz, 2010 yili “Melburn-park”da o'tkazilgan kapital tamirlash ishlaridan so'ng muxlislar tashrifi yildan-yilga ortib boryapti.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar