So’nggi yangiliklar

15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0 11:38Ўзбекистонлик саблячилар Жаҳон кубогида икки медаль қўлга киритди 0 11:07Бугун Жаҳон чемпионатининг жамоавий аралаш беллашувларида иштирок этамиз (Жуфтликлар) 0 10:36Нажмиддин Қосимҳожиев ва Озода Собиржонова Париж Гран-присида совриндор бўлди 0 10:05"Барселона" Флик қўлостида ўтказган 126 та ўйинда 43-йирик ғалабасини қўлга киритди 0 09:34Тўққизта финиш ва битта дуранг қайд этилган UFC Fight Night 290 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 09:03UFC Fight Night 290 турнирининг асосий жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:32Уайлдернинг Опетаяга қарши жанги Жошуа — Фьюри кардида ўтказилиши мумкин 0 08:01Олтита сариқ, битта қизил: "Реал" "Вильярреал"ни қийинчилик билан мағлуб этди 0

20 fev 09:12
Yangiliklar

Tennis

Australian Open. Naomi Osaka - Jennifer Bredi. Bugun final (prevyu)

14 kunlik karantin, koronavirusga qarshi ko'plab sinovlardan keyin ushbu mavsumning birinchi "Katta Dubulg'a" turniri - Australian Open musobaqasida chempionlik uchun ikkita davogar aniqlandi.

Bu safar bosh sovrin uchun dunyoning uchinchi raketkasi, yaponiyalik Naomi Osaka va jahon reytingida 24-pog'onani egallab turgan amerikalik Jennifer Bredi kurash olib boradi.

Bir qarashda barchasi aniq ko'rinib turibdi: Bredi o'zining sevimli xard kortida uch karra "Ulkan toj" chempioniga qarshi nima qila olishi mumkin? Ammo shuni unutmaylikki, aynan shu ikki sportchi bizga so'nggi US Open musobaqasida eng hayajonli yarim finallardan birini taqdim etishgan edi. Buni Osakaning o'zi faoliyatidagi eng unutilmas voqealardan biri deb tan olgan.

SHunday qilib, biz jiddiy to'qnashuv guvohi bo'lamiz. Bu esa Naomi va Jeniferdan katta jismoniy va ruhiy kuch talab qiladi.


Naomi Osaka. Finalga yo'l

Yaponiyalik qizaloq Anastasiya Pavlyuchenkova, Karolin Garciya va Ons Jaberni yaqqol, muammosiz mag'lub etib, musobaqani juda ishonchli boshladi. Birinchi muammo Naomidan ilk setni olgan ispaniyalik Garbin Mugurusa bilan yuzaga keldi. SHunga qaramay, Osaka xotirjamlikni yo'qotmadi, ikkinchi setda g'alaba qozondi va hal qiluvchi pallada u ispaniyalikni 7/5 hisobida mag'lub etdi.


SHundan so'ng, hammasi soat millari kabi harakatlandi. CHorak finalda Osaka ancha noqulay raqibi Xse Su-Veyni "jang"dan chiqarib yubordi. Yarim finalda u Serena Uilyamsni mag'lubiyatga uchratdi va yana unga Margaret Kort rekordini takrorlashiga xalaqit berdi.

SHuni esda tutish kerakki, 23 yoshli Naomi uchun bu "Katta dubulg'a" turnirining to'rtinchi va Avstraliyadagi ikkinchi finali bo'ladi. Tennischining g'alabali seriyasi allaqachon 20 ta o'yindan iborat. Cincinnatida boshlanib, AQSH ochiq chempionatiga yo'l oldi va shu mavsumda Osaka Melburnda finalga qadar etib keldi.


Jennifer Bredi. Finalga yo'l

Aytish kerakki, amerikalik tennischining "Katta Dubulg'a" turniridagi debyut finaliga qadar bo'lgan yo'li unchalik tasirchan bo'lmadi: u Top-10 va hatto-Top 20 ning biror vakili bilan uchrashmadi.

SHunga qaramay, u Alena Bolshova, Madison Brengle, Kayyu Yuvan va Donna Vekichga qarshi ishonchli o'yin o'tkazdi. 1/4 va 1/2 finalda Jessika Pegula va Karolina Muxova bilan to'qnashuvda Jenifer muammolarga duch kelgan bo'lsada, u buni munosib hal qildi.



25 yoshli Bredi faqat o'tgan yili bunday "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi tunnirning yarim finaliga birinchi marta etib kelgan, ammo shu bosqichda o'sha Osakaga yutqazgan edi. Avstraliya Ochiq chempionati davomida to'p uzatishdagi foizi taxminan 50% ni tashkil etdi, bu Osakaga qarshilik ko'rsatish uchun etarli emas.


SHaxsiy qarama-qarshiliklar tarixi

Osaka va Bredi allaqachon uch marta to'qnash kelishgan va shaxsiy uchrashuvlarda hisob 2: 1 - yaponiyalik tennischi foydasiga. Jenifer 2014 yildagi birinchi uchrashuvida  Osakani yutgan, ammo o'shandan beri Naomi o'z o'yinini butunlay o'zgartirib yubordi.

SHundan so'ng, ular 2018 yilda CHarlstonda uchrashishdi va keyin g'alaba yaponiyalik sportchida qoldi. Xo'sh, o'tgan yilgi US Open yarim finalidagi triller yodingizdami? 

Taxmin

SHubhasiz, Naomi Osaka ushbu finalning yaqqol favoriti hisoblanadi. U ushbu bosqichda to'rtinchi marta o'ynaydi, shuning uchun o'zini qanday qilib to'g'ri tarzda tayyorlashni yaxshi biladi.

Boshqa tomondan, Brendi bu bosqichga birinchi marta etib keldi va u uchun yapon tennischisiga qarshi final uchrashuvi qiyin kechishi aniq. SHunga qaramay, u Osakadan setni olish uchun hali ham kichik imkoniyatga ega. SHunday qilib, Osaka hushyor turishi kerak.

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing