14 fev 09:24
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Rafael Nadal 1/8 finalda!
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal Avstraliyada davom etayotgan "Ulkan toj" musobaqasidagi yurishini davom ettirmoqda.
Ispaniyalik tennischi uchinchi davrada Kemeron Norriga qarshi kortga chiqdi. Ikki soat 14 daqiqa davom etgan bahsda Rafa raqibi 7:5, 6:2, 7:5 hisoblarida taslim etib, nimchorak finalga yo'l oldi.
Rafael Nadalning Melburndagi navbatdagi raqibini Italiya vakili Fabio Fonini bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar