10 jan 15:21
Yangiliklar

Australian Open. Sabina SHaripovaning ilk raqibi malum
Ushbu bahslarda hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Qura natijalariga ko'ra u o'yinlarni kimga qarshi boshlashi malum bo'ldi.
Sabina saralash bosqichining birinchi davra o'yinida rossiyalik Evgeniya Rodinaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Rodina saralash bosqichida ikkinchi raqam ostidagi tennischi hisoblanadi.
Bungacha sportchilar o'zaro bir marotaba to'qnash kelganlar. 2017 yilning 7 noyabr kuni bo'lib o'tgan o'yinda tennischimiz raqibiga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida bugungi kunda 176-o'rinni egallab turibdi. Evgeniya Rodina esa 114-pog'onadan joy olgan.
Ushbu o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 11:00dan so'ng boshlanadi.
Fikrlar