23 jan 09:31
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Serena Uilyams musobaqani tark etdi
Melburn shahri kortlarida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Hozirgina xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning yana bir chorak final uchrashuvi yakuniga etdi. Unda amerikalik Serena Uilyams chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 8-raketkasi bo'lib turgan Plishkova reytingning 16-pog'onasidan joy olgan Serenani 6:4, 4:6, 7:5 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.
Etiborlisi, Serena Uilyams hal qiluvchi uchinchi setda 5:1 hisobida oldinga chiqib olgandi. Lekin oyog'idagi jarohat pand berdi. Karolina esa endi final ostonasida yaponiyalik Naomi Osaka bilan hisob-kitob qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar