25 jan 12:40
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Serena yarim finalda, Plishkovada mag'lubiyat
Melburn shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatida chorak final uchrashuvlari o'tkazilyapti.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarda 1/2 final bosqichining ikki ishtirokchisi malum bo'ldi. Dunyoning ikkinchi raqamli ishtirokchisi amerikalik Serena Uilyams to'qqizinchi raketka, britaniyalik Yoxanna Kontani 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Serenaning yarim finaldagi raqibasi xorvatiyalik Miryana Lyuchich-Baroni bo'ladi. Miryana 1/4 finalda turnirning beshinchi raqamli ishtirokchisi, chexiyalik Karolina Plishkovadan 6:4, 3:6, 6:4 hisobida ustun keldi.
1/4 final
Serena Uilyams (AQSH, 2) – Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 9) – 6:2, 6:3
Miryana Lyuchich-Baroni (Xorvatiya) – Karolina Plishkova (CHexiya, 5) – 6:4, 3:6, 6:4
Havola :
Fikrlar