25 jan 16:57
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Tommi Pol ilk bor 1/2 finalda o'ynaydi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida dunyoning 35-raketkasi bo'lib turgan Tommi Pol faoliyatida ilk bor "Ulkan Toj" turnirlari yarim finalida o'ynaydi. Amerikalik tennischi chorak final uchrashuvida reytingning 89-pog'onasida borayotgan vatandoshi Ben SHeltonni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 6/3, 5/7, 6/4.
Bir yuz sakson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda SHeltonga 24 ta eys zarbasi ham yordam bera olmadi. Polda eyslar soni 7 tani tashkil etdi. 25 yoshli Tommi Australian Open turniri yakunlariga ko'ra Top-20 reytingida debyut qiladi. Tommi Pol 3-4 fevral kunlari Toshkentda Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston - AQSH uchrashuviga keladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar