24 jan 10:20
Yangiliklar

Australian Open. Vinus Uilyams va Vandevey yarim finalda
Bugun tongda xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida yarim finalning ikki ishtirokchisi malum bo'ldi. Kutilmaganda ispaniyalik Gabrine Mugurusa amerikalik Koko Vandeveyga 4:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Amerikalik yana bir tennischi Vinus Uilyams esa rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovadan 6:4, 7:6 hisobida ustun keldi. Bugun chorak finalning qolgan ikkita uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Australian Open. Melburn, Avstraliya
16 – 29 yanvar 2017
“Katta Dubulg'a” turkumidagi turnir
Sovrin jamg'armasi – 50 000 000 Avstraliya dollari
CHORAK FINAL
Vinus Uilyams (AQSH) – Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) 6:4, 7:6
Koko Vandevey (AQSH) – Garbine Mugurusa (Ispaniya) 6:4, 6:0
BUGUNGI O'YINLAR:
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – Serena Uilyams (AQSH)
Karolina Plishkova (CHexiya) – Miryana Lyuchich-Baroni (Xorvatiya)
Fikrlar