27 jan 17:25
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Voznyacki qizlar o'rtasida chempion!
Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi hisoblangan daniyalik tennischi Karolin Voznyacki Avstraliya ochiq chempionati g'olibiga aylandi.
Sportchi finalda ruminiyalik Simona Xalepga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 50 daqiqa davom etgan o'yinda daniyalik tennischi raqibasini 7:6, 3:6, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yilning ilk "Ulkan toj" turniri g'olibiga aylandi.
Karolin "Yangi davr"da bu ishni uddalaganilk daniyalik sportchiga aylandi.
Tennischi ushbu g'alabasi uchun 4 million dollar va 2000 reyting ochko ishlab oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar