30 noy 15:48
Yangiliklar
Tennis

"Australian Open" yo'lida: Jo'rabek o'zidan deyarli 300 pog'ona yuqoridagi tennischini mag'lub etdi
Tennischimiz Jo'rabek Karimov Xitoyning Juxay shahrida bo'lib o'tadigan "Australian Open 2018 Asia-Pacific Wildcard Play-off" turnirida ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Ayni paytda dunyo reytingida 618-o'rinni egallab turgan Jo'rabek ilk davrada dunyoning 321-raqamli tennischisi bo'lgan hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqdi. Ilk o'yinda sportchimiz raqibidan 7:5, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Jo'rabek endi chorak finalda xitoylik Je Liga qarshi kortga chiqadi. Ayni paytda mezbon tennischi 266-o'rinni egallab turibdi.
Ushbu o'yin ertaga bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar