18 okt 22:05
Yangiliklar

Avstraliya mag'lub etildi, yoshlarimiz muddatdan avval chorak finalda!
Guruhning ikkinchi turidan o'rin olgan ushbu uchrashuvda terma jamoamiz bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, Yashil qita vakillarini 3:2 hisobida taslim etdi.
Ketma-ket ikki uchrashuvda g'alaba qozongan yoshlarimiz
olti ochko bilan muddatidan avval chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
AVSTRALIYA (U-19) – O'ZBEKISTON (U-19) - 2:3
18 oktyabr 2016. Manama. “Xalifa Sports Siti” stadioni
Gollar: Bobir Abdixoliqov 28, - 0:1. Doston Ibragimov 38, - 0:2. Doston Ibragimov 47, - 0:3.Liam Yuulliy 63 penalti, - 1:3.Jorj Blekvud 90+3 penalti, - 2:3.
Avstraliya U-19: Toni Glover, Uilyam Match, Tomas Deng, Jekson Bandeira, Liam Rouz (Kalik Entoni, 46), Mario SHabov, Jorj Blekvud, Jozef CHampines, Stiv Kuzmanovski (Jayden Prasad, 16), Jorj Timoteu (Tariq Maia, 67), Liam Yuulliy.
O'zbekiston U-19: Umidjon Hamroev, Xojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Xushnudbek Avilov, Azizjon G'aniev, Jasurbek Yaxshiboev (Saidjamol Davlatjonov, 84), Bobir Abdixoliqov (Javohir Esonqulov, 69), SHarof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Jamshid Yusupov, Doston Ibragimov (SHohrux Mahmudxojiev, 82).
Ogohlantirishlar: Jorj Timoteu 3, Jozef CHampines 33, Islomjon Qobilov 45+1, Umidjon Hamroev 86, Tariq Maia 88, Azizjon G'aniev 90+2.
CHetlatish: Islomjon Qobilov 55 (ikkinchi ogohlantirish)
Fikrlar