So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

20 avg 07:11
Yangiliklar

Engil atletika

Avstraliya va boshqa mamlakat atletlari Toshkentda bahslashdi

Respublika oliy sport mahorati maktabida engil atletika bo'yicha O'zbekiston ochiq kubogi o'tkazildi.

Musobaqada Avstraliya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Malayziyadan kelgan 500 dan ziyod sportchi g'oliblik uchun bahslashdi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakatimiz engil atletika federaciyasi tomonidan tashkil etilgan ochiq kubok Xalqaro engil atletika federaciyasining musobaqalar taqvimidan joy olgan bo'lib, unda kelasi yili Tokio shahrida o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolari taqdim etildi.

Kubokning turli masofalarga yugurish bahslarida vakillarimizdan SHohsanam Xurramova, Nigina SHaripova, Tamila Qo'chqorova, Veronika Grishina, Jaloliddin Hamroqulov va Evgeniy Fadeev marra chizig'ini birinchilardan bo'lib bosib o'tdi. 100 metrga to'siqlar osha yugurishda yosh atletimiz Valentina Kibalnikova g'olib bo'ldi. 10 ming metrga sportcha yurishda Mushtariy Tosheva oltin medalni qo'lga kiritdi.

Uzunlikka va balandlikka sakrashda Alina Yablokova, Nadiya Dusanova, Nikita Loginov kabi istedodli atletlarimizga hech kim teng kela olmadi.

Nayza, bosqon va yadro uloqtirishda Nargiza Qo'chqorova, Regina Adashbaeva, Sofiya Burxonova xotin-qizlar o'rtasida shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, erkaklar bahsida Suhrob Xo'jaev, Bobur SHokirjonov va Doston Rajabov g'olib bo'ldi.

Atletlar (7).jpg

Atletlar (1).jpg

Atletlar (3).jpg

Atletlar (4).jpg

Atletlar (5).jpg

Atletlar (6).jpg

Atletlar (8).jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing