29 apr 13:45
Yangiliklar
Tennis

Avstraliyalik siyosatchi Serenani sovrindan mahrum qilishni talab qildi
Avstraliyalik siyosatchi, Xristian demokratik partiyasi etakchisi Fred Nayl Serena Uilyamsni “Avstraliya Ochiq” chempionati chempionligidan mahrum qilishni talab qilyapti.
Naylning fikricha, amerikalik tennischi Avstraliya Ochiq chempionati chog'ida homilador bo'lgan va bu bilan qonunni buzgan. Uning fikricha, ona qornidagi embrion, yani homila Serenaga raqibalari ustidan ustunlikni taqdim etgan.
“Bunday qilish mumkin emas. Ular ikki kishi turnirni yutishdi. Bu yakkalik bahslari qoidalariga zid. Buni qonunga kiritish kerak. Undan avval esa Serenadan mukofotini olib qo'yish lozim”, - dedi siyosatchi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar