23 apr 18:54
Yangiliklar

Avstriya sportchilariga mashqlarni sport obektlarida o'tkazishga ruxsat berildi
Natijada turli sport bilan shug'ullanadigan 600 nafarga yaqin sportchi mashqlarni odatdagi sharoitlarda o'tkaza boshladilar. Bunda koronavirus infekciyasi tufayli, birinchi navbatda, sportchilarning xavfsizligiga alohida etibor berilib, ularning tavsiya etilgan barcha qoidalariga amal qilishlari talab etilmoqda.
– Sport obektlarida shug'ullanishda atletlarning o'zaro to'qnashmaydigan sport turlariga, jamoaviy sport turlariga nisbatan imkoniyat beriladi, – deydi Avstriyaning vice-kancleri va sport vaziri Verner Kogler. – Hech bir chegaralashsiz mashq o'tkazish mumkin bo'lgan sport inshoatlariga engil atletika va o'q otish obektlari, tennis va golf maydonchalari, ko'pgina boshqalar kiradi.
Avstriyada, shuningdek, may oyi boshidan tennis va golf bo'yicha musobaqalar boshlanishi malum qilindi.
Rasmiy malumotlarga ko'ra, 23 aprel holatiga Avstriyada koronavirusga 14925 kishi chalingan, ularning 11328 nafari sog'aygan, 510 tasi vafot etgan.
Fikrlar