01 apr 09:37
Yangiliklar
Futbol

“Ayaks” bir kishi kam bo'lib, PSVni taslim etdi va oradagi farqni qisqartirdi
Gollandiya chempionatining 27-turida musobaqa peshqadamlari “Ayaks” hamda PSV klublari o'zaro to'qnash keldi.
O'yinning 57-daqiqasida hisob mezbonlar (1:0) foydasiga hal bo'lib turgan paytda “Ayaks” yarimhimoyachisi Nussair Mazraui qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Qo'pollik uchun belgilangan jarima zarbasidan PSV azolari unumli foydalanib hisobni tenglashtirishdi.
Biroq, amsterdamliklar bir kishi kam bo'lishiga qaramasdan, so'nggi 20 daqiqalikda g'alabani (3:1) ilib ketadi. Ushbu g'alabadan “Ayaks” chempionat etakchisi PSV bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi.
Havola :
Fikrlar