13 fev 10:41
Yangiliklar
Futbol

“Ayaks” ustozi Ziyoshning “CHelsi”ga o'tishini tasdiqladi
Yozgi transferlar vaqtida marokashlik Hakim Ziyosh “Ayaks”ni tark etadi.
Ushbu malumotni klub bosh murabbiyi Erik ten Xag ham tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, Ziyosh transferi yuzasidan “Ayaks” va “CHelsi” allaqachon kelishuvga erishib bo'lgan. Futbolchi klub rahbariyatiga yangi chaqiruvlar kerakligini malum qilgan.
Rahbariyat ham bunga rozilik bildirib, transferga ruxsat bergan. “CHelsi” futbolchi uchun “Ayaks”ga 45 mln evro atrofida mablag' to'laydi.
Havola :
Fikrlar