17 apr 08:45
Yangiliklar
SHaxmat

Ayni shu soniyalarda shaxmatchilarimiz Jahon chempionatiga yo'l olishmoqda
Turkiyaning Antaliya shahri shaxmat bo'yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan maktab o'kuvchilari o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
SHu munosabat bilan ayni daqiqalarda O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Turkiyaga yo'l olmoqda.
Ertaga start oladigan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 7 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar orasida Zaynura Abrorova, Akbar Allaberganov, 9 yoshlilar o'rtasida Xumoyun Bekmurodov, 11 yoshgacha shaxmatchilar orasida Afruza Hamdamova, Bahrom Baxrullaev,13 yoshlilar bahsida Umida Omonova, 15 yoshgacha shaxmatchilar musobaqasida Javohir Sindarov, 17 yoshlilar turnirida SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev hamda Ali Qosimovlar himoya qilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar