So’nggi yangiliklar

15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0 14:16Ҳибсга олинган Дастин Порье ёрдам сўради 0 13:42Фабио Каннаваро: "Футболчилар эмас, мен хато қилдим" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 13:21Блахович UFC’нинг янги рейтинги ҳақида: "Икки кун олдин Гусков энг кучли рақиб билан жанг қилган эди" 0 12:58Саблячи қизларимиз Осиё чемпионатининг жамоавий дастури совриндори! 0 12:24Дзюдочиларимиз Циндао Гран-присида иштирок этишади 0 11:55Равшан Эрматов: "Биз ҳали биринчи синфмиз!" 0 11:16Қарши шаҳрида Олимпия кунига бағишланган спорт тадбири ўтказилди 0 10:50"Ҳумо арена"да Мундиал атмосфераси: мухлислар Ўзбекистон - Португалия ўйинини қандай томоша қилишди? (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:19Икки теннис маликамиз Уимблдон 1/2 финалида! 0 09:47Модричнинг юбилей 200-учрашувида Хорватия Панамани таслим этди + ВИДЕО 0 09:22Миктибек Оралбай Ислам Махачев билан бир оқшомда жанг қилади 0 08:53ИНТЕРВЬЮ. Афсонавий Артур Григорян ҳозир қаерда? 0 08:21Таэквондочиларимиз илк бор ўтказилган "Altaic Open" мусобақасида 16 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

29 mar 09:16
Yangiliklar

Futbol

Ayollar futboli: “Metallurg” - O'zbekiston Superkubogi sohibi!

Mamlakat chempioni hamda Kubok sohibi o'rtasida kechishi ko'zda tutilgan Superkubok o'yini bo'lib o'tdi.

Poytaxtdagi Jar stadionining zaxira maydonida amaldagi mamlakat chempioni “Metallurg” hamda 2017 yilgi Kubok finalchisi (sababi Kubokni ham “Metallurg” qo'lga kiritgan) “Bunyodkor” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Har ikkala jamoa ham g'alabaga bo'lgan shijoatini, ishtiyoqini namoyon etishdi. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida “Bunyodkor” qizlarining tashabbuskorligi sezilib turdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar esa samarasiz yakunlanaverdi. “Metallurg” ham qarshi hujumlarda faollik ko'rsatishdi. 

Bu ko'p o'tmay samarasini berdi. Qizig'i, “Bunyodkor” jamoasi darvozasiga kiritilgan dastlabki golda poytaxtliklarning o'zlari raqiblariga “yordamlashishdi” – Luiza Sadirova burchakdan oshirilgan to'pni maydon tashqarisiga chiqarish o'rniga o'z darvozasi to'riga yo'llab qo'ya qoldi.

O'n daqiqa o'tar-o'tmay Luizaning xatosini jamoadoshi Lyudmila Karachik tuzatdi – darvozabon bilan birga-bir chiqqan holda darvozani ishg'ol etishning uddasidan chiqdi – 1:1.

Tomoshabinlar ikkinchi bo'limda ham qiziqarli o'yin guvohi bo'lishdi. Har ikkala tomondan bir necha bor hujumlar uyushtiroldi, xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq darvoza bir bor ishg'ol etildi. O'yinning 70-daqiqasida Nozimaxon Ergasheva “Bunyodkor” darvozasiga gol kiritib, muhim g'alabani taminladi.

SHu tariqa “Metallurg” ikkinchi bor Superkubokni qo'lga kiritib, bu borada etakchi hisoblangan “Sevinch” bilan ko'rsatkichlarini tenglashtirib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing