27 okt 11:45
Yangiliklar
Futbol
Ayollar futboli. O'zbekiston bugun Tojikiston bilan o'ynaydi
Bugun Tojikistonning Dushanbe shahrida ayollar (U-19) jamoalari o'rtasida Osiyo chempionatining saralash bosqich uchrashuvlari boshlanadi.
Unda O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Terma jamoamiz keyingi yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga chiqish uchun urinib ko'radi.
O'zbekiston yoshlari joylashgan guruhda Tojikiston, Xitoy Taypeyi va Gongkong terma jamoalari o'rin olgan. Guruhda birinchi bo'lgan jamoa Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l oladi.
Malumot uchun, aynan mana shu jamoa o'tgan hafta Toshkentda bo'lib o'tgan musobaqasida chempion bo'lgan edi. Terma jamoamiz bugun saralashdagi ilk uchrashuvni mezbon Tojikistonga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar